"Real" Pochettino bilan muzokaralarni boshladi

Alisher
4 dek 2020, 12:14
Madrid klubi argentinalik Maurisio Pochettino bilan muzokaralarning birinchi bosqichini o'tkazdi.

"Galaktikos" vakillari "Tottenxem" sobiq bosh murabbiyi bilan telefon orqali muloqot qilishgan.

Muloqotdan ko'zlangan maqsad Pochettinoning agar Zidan iste'foga chiqarilgan taqdirda jamoani qabul qilish xohishi bor yoki yo'qligini bilish bo'lgan.

Oldinroq, Zinedin Zidan "Real" Chempionlar Ligasi guruh bosqichida "Borussiya" (Myonxengladbax)ni enga olmasa, u iste'foga chiqarilishi mumkinligi borasida xabarlar yangragan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport.es