"Real" Pau Torresni sotib oladimi?

Sherzod Nurmatov
22 iyul 2021
Markaziy himoyachi Rafael Varan Madridning "Real" klubidan ketish arafasida.

Jurnalist Anton Meana axborotiga ko'ra, Madrid klubi Varanning jamoadan ketish ehtimoliga qaramasdan,  "Vilyarreal" va Ispaniya terma jamoasi markaziy himoyachisi Pau Torresni xarid qilmaydi. 

Hozirgi paytda "Real" Torresga qiziqish bildirmayapti.

Oldinroq OAVda Varan ketgan taqdirda fransiyalik himoyachi Kunde olib kelinishi aytilgandi.

Shuningdek, jamoa prezidenti Florentino Peres "Real"ning transfer kampaniyasi yakunlanginini e'lon qilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/antonmeana