“Real” o'z rekordini yangiladi

Aslanov Jasurbek
18 fev 2017, 23:08
Ispaniya chempionatining 23-turida “Real” “Espanol” darvozasini ikki marta ishg'ol etishga erishdi.

Shu tariqa madridliklar ketma-ket 42-ta uchrashuvda gol kiritib, yangi klub rekordini o'rnatishdi.

“Real” oxirgi marta 2016 yilning 26 aprelida Chepionlar ligasi doirasida “Manchester Siti” (0:0) darvozasiga yo'l topa olmagandi. Shundan so'ng Zidan jamoasi ketma-ket 42 uchrashuvda 113 ta gol urishning uddasidan chiqdi.

Bu borada mutloq rekord “Barselona”ga tegishli bo'lib, kataloniyaliklar 1942/43 va 1943/44 yilgi mavsumlarda qatorasiga 44 uchrashuvda gol urishning uddasidan chiqishgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Gracenote Live