Real o'tgan mavsum 690 mln evro daromad ko'rdi

Narzulla Saydullayev
1 okt 2017, 10:50
Madridning Real klubi o'tgan mavsumda musobaqalarda qancha daromad ko'rgani ma'lum bo'ldi.

Klub 2016/17 yilgi mavsumda jami 690,3 million evro ishlab topdi.

Real futbolchilarni sotish orqali 54 mlnga boyib oldi. Marketingdan kelgan pullar - 254 mln.

165 mlnni klub homiylar va telehuquqlardan oldi. Chempionlar ligasi va Ispaniya chempionatidagi g'alaba uchun klubga 137 mln tegdi.

Bundan tashqari klub o'tgan mavsum Yevropa Superkubogi va klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida g'olib chiqishdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: marca.com