"Real" osiyolik futbolchini 75 millionga sotib olmoqchi

Mirjalol Normatov
6 okt 2019, 14:30
"Real" rahbariyati "Tottenxem" hujumchisiga qiziqish bildirmoqda va bu Xarri Keyn emas.

"Sportsmole" xabariga ko'ra, "qirollik klubi" "shporlar"ning janubiy koreyalik futbolchisi Son Xen Min uchun 75 million evro to'lashga tayyor turibdi.

Transfermarkt portali uni 80 million evroga baholagan. Son "Tottenxem" tarkibida 197 o'yinda 70 gol kiritishga erishdi va 39 bora gollarga hammuallif bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sportsmole