"Real" Osimxenning "Napoli"dagi holatini kuzatib bormoqda

Sherzod Nurmatov
28 sen 2023, 15:27
Madridning "Real" klubi rahbariyati "Napoli" hujumchisi Viktor Osimxen bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Bu haqda "Fichajes" xabar berdi.

24 yoshli nigeriyalik futbolchining Italiya klubidagi kelajagi jiddiy xavf ostida, chunki futbolchi hazil-mutoyibali videodan norozi bo'lib, "Napoli"ga qarshi sud jarayonini ko'rib chiqmoqda.

Osimxenning amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 120 million evroga baholamoqda.

Osimxen joriy mavsum barcha musobaqalarda 7 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli pas uzatdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Fichajes