“Real” o'rtoqlik o'yinida “Xetafe”ni tor-mor etdi. Benzemadan poker

Eldor Akmurzayev
15 sen 2020
Madridliklar “Alfredo Di Stefano” o'yingohida “Xetafe”ga (6:0) qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

Bahs yopiq rejimda bo'lib o'tdi va barcha gollar 1-taymda urildi. Karim Benzema pokerga erishgan bo'lsa, Serxio Ramos va Serxio Arribas o'z hisoblariga bittadan gol yozdirishdi.

Eslatib o'tamiz, Zinedin Zidan shogirdlari Ispaniya chempionati yangi mavsumi doirasidagi ilk uchrashuvini 20 sentyabr kuni “Real Sosedad” qarshi o'tkazadi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia