"Real" muxlislari uchun noxush xabar

Aslanov Jasurbek
19 fev 2018
Kecha, 18 fevral kuni "Real" LaLiganing 24-tur uchrashuvlari doirasida "Betis" mehmoni bo'ldi.

O'yin 3:5 hisobida yakunlandi va madridliklar 3 ochko bilan uyga qaytishdi. Ushbu bahsda "Qirollik klubi" himoyachisi Marselo jarohat oldi va uchrashuvni oxirigacha davom ettira olmadi. 30-daqiqada uning o'rniga Teo Ernandes maydonga tushdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchiga ushbu jarohatini davolashi uchun 2-3 hafta kerak bo'ladi. Braziliyalik bugun tibbiy ko'rikdan o'tadi. Marselo PSJga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvini o'tkazib yuborishi mumkin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca