"Real" muxlislari Beyl, Kroos va Varanni haqorat qilishdi

Aslanov Jasurbek
16 sen 2014, 12:44
"REal" futbolchilari Garet Beyl, Toni Kroos va Rafael Varan "Atletiko"ga qarshi 3 tur o'yinidan(2:1) so'ng muxlislar tomonidan haqorat eshitishdi.
Malumotlarga ko'ra, futbolchilar stadiondan chiqish yo'lida "Qirollik klubi" muxlislarining katta guruhiga duch kelishdi. Ularning ko'pchiligi futbolchilardan dastxat olish niyatidan edi, ammo bazi muxlislar  Kroos va Varanni haqoratomuz so'zlar bilan siylashdi. Lekin ulardan ko'proq Beyl nomiga bunday "shirin" so'zlar yog'ildi, shu sababli uelslik futbolchi muxlislar oldiga kelmay, mashinasiga o'tirib uyiga ravona bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, "Atletiko"ga qarshi o'yin payti "Real" muxlislari Karim Benzema va Iker Kasilyasga hushtak chalib noroziliklarini namoyish etishgandi.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru