"Real" muxlislari jamoa vingerini xushtaklar bilan kutib oldi

Eldor Akmurzayev
22 apr 2019, 00:05
Ispaniya chempionatining 33-turida Real o'z maydonida Atletikni qabul etib, Benzemaning xet-trigi evaziga yirik (3:0) hisobida g'alabaga erishdi.

Qirollik klubi yarimhimoyachisi Garet Beyl bahsni zaxira o'rindig'ida boshlagandi. Beyl ikkinchi taymda Lukasning o'rniga maydonga tushishi bilan Santyago Bernabeudagi muxlislar unga qarata norozilik kayfiyati bilan xushtaklar chalishgan. Xushtakbozliklar u har to'pga teginganida davom etgan. 

Avvalroq, 29 yoshli uelslik futbolchi blankoslarni tark etish niyati yo'qligi haqida xabar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca