"Real" murabbiylar shtabi "Atletiko"ning ishini "noto'g'ri" deb hisoblaydi

Aslanov Jasurbek
8 fev 2025, 15:10
"Real"dagilarga "Atletiko"ning derbi oldidan amalga oshirgan mediastrategiyasi yoqmadi.

Madrid derbisi bugun bo'lib o'tadi. O'yinni Sesar Soto Grado brigadasi boshqaradi.

Oldinroq, "matraschilar" ijtimoiy tarmoqlar orqali ikki xil post qo'yilgan edi. Ularning birida "Real" TV ustidan kulishgan, ikkinchisida esa hakamlar korpusiga murojaat qilingan: "Biz butun boshli hakamlar jamoasi, ularning oilasi va do'tslarini to'liq qo'llab-quvvatlaymiz. Kuchli bo'ling".

Ma'lumotlarga ko'ra, "Real" murabbiylar shtabidagilarga raqibning harakatlari yoqmadi. Ular "matraschilar" qilgan ishni "noto'g'ri" deb hisoblamoqda.

Karlo Achelotti va Diego Simeone qo'shni hisoblanishadi, ammo ular deyarli muloqot qilishmaydi. Bir necha yil davomida ularning o'rtasidagi munosabat iliq edi, biroq hozir unday emas.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca