“Real” “Monako” futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

Aslanov Jasurbek
24 fev 2017, 23:34
“Monako” jamoasining hujumkor yarim himoyachisi Bernardu Silva “Real” qiziqishlari doirasida.

Madrid klubi skautlari 22 yoshli portugaliyalik futbolchini diqqat bilan kuzatishmoqda. Shuningdek, ular 18 yoshli fransiyalik futbolchi Kilian Mbappeni ham kuzatib borishmoqda..

“Real” yosh va iqtidorli futbolchilarni qo'ldan chiqarishni istamayapti. Ilgariroq “qirollik klubi” Usmon Dembele va Aleksandr Isak bilan qiziqqan, ammo ular “Borussiya”ni tanlashgandi.

Ma'lum bo'lishicha, “Chelsi” ham Bernardu Silvani “Monako”dan 80 million evroga sotib olmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca