"Real" Mbappening xaridi uchun "Lill" sobiq sport direktorini yollamoqchi

Alisher
8 iyul 2021, 18:50
"Real" rahbariyati "Lill" sobiq sport direktori Luish Kampushni yollamoqchi.

Madrid klubi Kampush PSJ forvardi Kilian Mbappening transferi amalga oshishida muhim rol o'ynashiga ishonchi komil.

Eslatib o'tamiz, Kampush 2012-2013 yillar "Real"da skaut bo'lgan, so'ngra esa "Monako"da sport direktori bo'lib ishlagan va Mbappe bilan tanishgan. Kampush 2020 yilning dekabr oyida huddi shunday lavozimda "Lill"dan ketdi va hozirda ishsiz.

Eslatib o'tamiz, Mbappening PSJ bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca