

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe mavsum oxirida klubdan kyetishini, yakshanba kuni "Tuluza"ga qarshi o'yin u uchun PSJdagi oxirgi o'yin bo'lishini ma'lum qildi.
Taniqli insayder Fabricio Romanoning ma'lum qilishicha, "Real" va Mbappe allaqachon kelishib olishgan, faqatgina rasmiyatchilik ishlari qolgan. Rejaga ko'ra, "Real Madrid" Mbappe transferini YCHL finalidan so'ng e'lon qiladi.
Ma'lumot uchun, Yevropa Chempionlar Ligasi final 1 iyun kuni "Uembli" stadionida o'tkaziladi. Unda "Real Madrid" "Borussiya D"ga qarshi kurash olib boradi.



