"Real" Mbappe o'rniga yangi hujumchi topdi

Sherzod Nurmatov
6 may 2025
Madridning “Real” klubi Sloveniya terma jamoasi va Germaniyaning "Leyptsig" klubi hujumchisi Benyamin Sheshkoga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Bu haqda "Madrid Universal" xabar berdi.

21 yoshli hujumchi 2023 yilda "Leyptsig"ga kelganidan beri 39 ta gol urdi, shu jumladan, joriy mavsumda 21 ta to'p kiritdi. Uning ishonchli o'yini birdaniga uchta ispan grandi, jumladan, "Real", "Barselona" va "Atletiko"ning e'tiborini tortdi.

Vinisius va Mbappe kabi yulduzlarga ega bo'lishiga qaramay, "Real" tipik markaziy hujumchi qidirmoqda. Sheshko hujum uchligini to'ldira oladigan va ikka qanot vakilining imkoniyatlarini ochib bera oladigan shaxs sifatida ko'riladi.

Transfer summasi 100 mln evroni tashkil qilishi mumkin. Biroq "Leyptsig" Chempionlar Ligasiga chiqa olmasa, uning narxi 90 yoki hatto 80 millionga tushadi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan, ammo nemis tomoni takliflarni tinglashga tayyor.

"Real" uchun asosiy to'siq – katta raqobat: Sheshkoga "Barselona" va "Atletiko" ham qiziqmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Madrid Universal