"Real" Mbappe kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar berdi

Sherzod Nurmatov
19 iyun 2025
Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe o'tkir gastroenterit bilan shifozonaga yotqizildi.

Avvalroq  "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Xabi Alonso fransiyalik o'yinchini jamoa a'zolariga kasallik yuqtirish xavfining oldini olish maqsadida mehmonxonada yakkalantirilganini ma'lum qilgandi.

Madridning "Real" klubi AQSHda o'tkazilayotgan Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etmoqda. Chorshanba kuni madridliklar Saudiya Arabistonining "Al Hilol" jamoasi bilan durang o'ynadi (1:1) va unda Mbappe o'yinni o'tkazib yubordi.

Turnirning navbatdagi uchrashuvida "Real" 22 iyun kuni Meksikaning "Pachuka" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: L'Equipe