

"Qaymoqranglilar" o'yinchini kuzatish uchun skautlarini "Lester" va "Vest Xem"ga qarshi o'yinlarga yubordi. Klub o'yinchidan mamnun. Futbolchi uchun shuningdek PSJ da'vogarlik qilmoqda. "Man Siti" esa Savinoning sotuviga qiziqmayapti.
Futbolchi o'tgan yozda "Man Siti"ga o'tdi. Futbolchi "shaharliklar" safida 26ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 8ta assist qayd etdi. O'yinchining ingliz klubi bilan mehnat kelishuvi 2029 yilning yoziga qadar amal qiladi.



