"Real" "Manchester Siti" bilan transfer borasida kelishib oldi

Aslanov Jasurbek
28 dek 2018, 13:52
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Braim Dias faoliyatini "Real"da davom ettiradi.

Ma'lumotlarga ko'ra, klublar kelishuvga erishgan. 19 yoshli futbolchining "shaharliklar" bilan shartnomasi yozda yakuniga etadi, ammo "qaymoqrangilar" Diasni yanvar oyida 15 mln. evro va bonuslar evaziga sotib oladigan bo'ldi.

Dias "Real" bilan 6 yilga mo'ljallangan shartnoma imzolaydi. Uning shartlari bo'yicha, futbolchining mavsumiy maoshi 3,5 mln. evro bo'ladi. Ushbu transfer kelasi haftada e'lon qilinadi.

Dias 2014 yilning yanvarida 350 ming evro evaziga "Malaga"dan "Manchester Siti"ga o'tgan edi. Joriy mavsum u APL uchrashuvlarida maydonga tushmadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca