"Real" "Man Siti"ga qarshi javob o'yini Manchestyerdan Lissabonga ko'chirilishini xohlamoqda

Alisher
23 iyun 2020, 18:00
"Real" CHL 1/8 final javob o'yini doirasidagi "Manchester Siti" (birinchi o'yin - 1:2)ga qarshi o'yinni neytral maydonda o'tkazmoqchi.

"Real" o'yinni Manchestyerda emas, neytral maydonda o'tkazishni talab qilmoqda. Eng yaxshi variant - Lissabon. "Real" Angliyada o'ynashni istamayapti, chunki mamlakatda koronavirus bilan bog'liq vaziyat yaxshi emas.

Hozir Angliyaga boshqa davlatlardan kelayotganlar 2 haftalik karantinda bo'lishlari kerak.

Ayni damda Buyuk Britaniyada 305289 inson koronavirusga chalingan va ularning 42647 nafari vafot etgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: theathletic.com