
Uchrashuv Katar poytaxtidagi "Xalifa Stedium"da bo'lib o'tadi. Bu haqda klublar italiyalik murabbiy Karlo Anchelotti Fransiya poytaxtini Madridga almashtirayotgan vaqtda kelishilgandi.
Uchrashuv chiptalari narxi 20 va 30 evrodan (oddiy joylar). VIP sektor biletlarining narxi esa 60 evro qilib belgilangan. Bugungi kunga kelib hech qaysi ispan telekanali ushbu bahs namoyishi huquqini sotib olmagan.
PSJ bilan o'yin Karlo Anchelotti shogirdlari uchun mavsumning juda qiyin va masuliyatli qismidan avval tayyorgarlik ko'rib olish uchun foydali bo'lishi kutilmoqda. Chunki 6 yanvar kuni "Real" "Santyago Bernabeu"da "Selta"ni qabul qiladi va oradan 3 kun o'tib (9 yanvar) "Osasuna" jamoasiga qarshi Qirol Kubogining javob uchrashuvi bo'lib o'tadi.