"Real Madrid" Marseloga o'rinbosar topdi

Narzulla Saydullayev
2 yanv 2021
Futbolchi tez orada faoliyatini yakunlashi mumkin.

"Real Madril" klubi "Yuventus" himoyachisi Aleks Sandroga qiziqish bildirmoqda. "Qaymoqranglilar" Sandroni jamoaning uzoq yillar asosiy o'yinchisi bo'lib kelgan Marseloga o'rinbosar sifatida ko'rishmoqda. Marselo ushbu mavsum oxirida faoliyatini yakunlashi kutilayotgani avvalroq ma'lum qilingandi. 

Aleks Sandro 2015 yildan beri "Yuventus" sharafini himoya qilib keladi. Futbolchining taxminiy narxi 12 mln evroga teng.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Fichajes