

Qirollik klubi Liverpul yarim himoyachisi Aleksis Makallisterni sotib olishni reja qilgan. Madrid jamoasi argentinalik yarim himoyachining transferiga 90 million evro ajratishga tayyor.
Ma'lumot uchun, Aleksis Makallister 2023 yildan yozidan buyon Liverpul safida o'ynab kelmoqda. Uning mersisaydliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
Yarim himoyachi joriy mavsum 47 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 7 ta gol va 5 ta golli uzatma bor.



