"Real Madrid" La Liga klublari ichida yagona

Omonjon To`xtamirzayev
25 fev 2021, 10:44
Tunda YCHL 1/8 finali doirasida Madridning "Real" klubi safarda "Atalanta"ga (1:0) qarshi o'yin o'tkazdi.

Musobaqaning 1/8 finali avvalgi o'yin kunlarida La Liga sharafini himoya qilayotgan "Barselona", "Sevilya" va "Atletiko Madrid" jamoalari mos ravishda PSJ, "Borussiya Dortmund" hamda "Chelsi" klublari mag'lub bo'lishdi. 

Qiyin o'yinda muhim g'alabani qo'lga kiritgan Zinedin Zidan shogirdlari esa Ispaniyaning Yevropa Chempionlar Ligasi ushbu bosqichida zafar quchgan yagona jamoasi sifatida qayd etildi.    

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia