

Mundo Deportivo nashri ma'lum qilishicha, Milan jamoasi yarim himoyachiga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Daniel Sebalosning o'zi ham ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish maqsadida faoliyatini Italiyada davom ettirishga qarshi emasligini ma'lum qilgan. Daniel Sebalosga Milandan tashqari, Betis va Atletiko jamoalari ham qiziqish bildirmoqda.
Daniel Sebalos joriy mavsum barcha musobaqalarda 21 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning maydondagi daqiqalari 505 daqiqani tashkil qiladi. Bu har bir uchrashuv uchun o'rtacha 24 daqiqa degani.



