"Real Madrid" 2023 yil Dubayda tematik park ochadi

Оқил Абдубарноев
18 noya 2022
"Real Madrid" Dubayda istirohat bog'i ochadi.

Ispaniya klubi Dubai Parks and Resorts bilan o'zining birinchi tematik parkini ochish bo'yicha shartnoma imzoladi.

“Tashrif buyuruvchilarga interaktiv tadbirlarda, jumladan, “Real Madrid”ni XX asrning eng buyuk klubi sifatida belgilovchi ruh, ishtiyoq va muvaffaqiyatdan ilhomlangan turli o'ziga xos o'yinlar va attrakcionlardan bahramand bo'lish imkoniyatini beradi”, deyiladi Madrid saytidagi xabarda.

Bog'ning ochilishi 2023 yilning to'rtinchi choragiga mo'ljallangan. U muzey, futbol mahorati o'yinlari va jamoa tarixiga oid esdalik buyumlarini sotadigan chakana savdo nuqtalarini o'z ichiga oladi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: realmadrid.com