Real – Liverpul. Kasilyas YCHLning mutloq rekordchisi

Narzulla Saydullayev
5 noya 2014, 07:50
Real darvozaboni Iker Kasilyas YCHL 4-turida Liverpulga qarshi o'yinda maydonga tushdi.
Shunday qilib, 33 yoshli darvozabon musobaqada o'yin o'tkazish borasida yakka peshqadam bo'lib oldi.

Ayni paytda Kasilyas hisobida 144ta o'yin bor. Bu borada u Barselona yarim himoyachisi Xavini (143ta o'yin) ortda qoldirdi.

Eslatib o'tamiz, Kasilyas Real safida 1998 yildan buyon faoliyat olib bormoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru