"Real" Levandovski uchun o'z futbolchisidan voz kechishga tayyor

Mirjalol Normatov
23 okt 2019, 22:15
"Okdiario" jurnalisti Eduardo Indaning aytishiga ko'ra, "Real" rahbariyati "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovskining xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Jurnalistning ma'lumotiga qaraganda, "qirollik klubi" polshalik futbolchi uchun Garet Beyl yoki Luka Yovichni "Bavariya"ga berishga tayyor. So'nggi yillarda biroz kelishmovchiliklar bo'lib turgan futbolchining jamoadan ketish ehtimoli biroz yuqori ko'rinmoqda.

Ushbu mavsumda 31 yoshli futbolchi ushbu mavsumda jamoasi tarkibida 13 o'yinda 18 gol kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: El Chiringuito