"Real" Levandovski bilan muzokara o'tkazmagan

Mirjalol Normatov
18 mar 2018
"Real" "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski bilan muzokaralar olib bormagan.

"Munchner Merkur" nashri xabariga ko'ra, "qaymoqranglilar" prezidenti Florentino Peres myunxenlik kasbdoshi Karl-Xaync Rummeniggega jamoasi Robertni o'z safiga qo'shib olmoqchi emasligini va shartnoma borasida kelishib olmaganligini aytib o'tgan. Polshalik futbolchining jamoasi bilan shartnomasi 2021 yilning yozigacha davom etadi.

Oldinroq "Real" "Bavariya" hujumchisi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib olgani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Munchner Merkur