"Real" Koutinoni nishonga oldi va "Liverpul" bilan bog'landi

Aslanov Jasurbek
3 noya 2017
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Liverpul" yarim himoyachisi Filippe Koutino xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Qirollik klubi" vakillari bu borada ingliz klubi bilan bog'lanishgan. "Real" joriy mavsum oxirida braziliyalik futbolchini xarid qilmoqchi.

Futbolchiga "Barselona" ham qiziqish bildirmoqda. Kataloniya klubidagilar Koutinoni o'z safida ko'rishmoqchi va uni qishda xarid qilishmoqchi, aks holda vaziyat og'irlashishi mumkinligini tushunib turishibdi.

25 yoshli Koutinoning mersisaydlar bilan shartnomasi 2022 yilning yozigacha amal qiladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo