"Real" Konatening transferi bo'yicha "Liverpul" bilan aloqaga chiqdi

Administrator
20 iyul 2025, 23:35
"Real" Ibraima Konate haqida so'rov yubordi.

L'Equipe xabariga ko'ra, Madridning "Real" klubi "Liverpul" bilan bog'lanib, Ibraima Konateni sotishi uchun kerak bo'ladigan summa bo'yicha muzokara olib borgan.Biroq, "Real" hali aniq taklif yubormagan.

Takidlanishicha, "Liverpul" va Konate 2026 yilda tugaydigan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Klub o'tgan mavsumda Muhammad Saloh va Virgil van Deyk bilan olib borilgan muzokaralardagi qiyinchiliklarni eslab, vaziyatga xotirjamlik bilan yondashmoqda.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: L’Équipe