"Real" Kilian Mbappeni kelasi yozda sotib olishga urinib ko'radi

Alisher
20 iyun 2019, 18:30
Madridning "Real" klubi PSJ forvardi Kilian Mbappeni shu yozda sotib olishni mo'ljallamayapti.

"Qaymoqranglilar" futbolchini 2020 yilda sotib olishga qaror qilishdi. Qayd etish kerakki, klub muzokaralar jarayonida ko'proq futbolchining tashabbusini ko'rishni xohlayapti.

Francuz o'yinchisining klub bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilgacha imzolangan. Uning transfer narxi esa 200 million evroga baholanmoqda.

Yakunlangan mavsumda Mbappe 43 o'yinda qatnashib, 39gol urdi va 17ta assistga erishdi.

Eslatib o'tamiz, Mbappe "Monako" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS