"Real" Karlo Anchelottining o'rniga kimni murabbiy sifatida ko'rayotganligi ma'lum qilindi
Aziz Tukhtamuradov
17 okt 2022, 09:35
"Bayer"da bosh murabbiy sifatida ishlayotgan ispaniyalik murabbiy Xabi Alonso kelajakda "Real"ni boshqarishi mumkin.
ESPN nashri ma'lumotiga ko'ra, madridliklar Alonsoning Germaniya klubidagi faoliyatini diqqat bilan kuzatib borishmoqda. "Qirollik klubi"da aynan Xabi Alonso kelajakda Karlo Anchelottining o'rnini egallashi mumkin deya hisoblashmoqda.