"Real" Kamavingani sotishi mumkin. Da'vogarlar ma'lum

Sherzod Nurmatov
19 mar 2026, 21:37
Madridning "Real" klubida shov-shuvli transfer yaqinlashmoqda: jamoaning asosiy yarim himoyachilaridan biri yozdayoq klubni tark etishi mumkin.

Gap bir vaqtning o'zida Angliyaning ikki grandi – "Manchester Yunayted" va "Liverpul" qiziqishlari doirasiga tushib qolgan Eduardo Kamavinga haqida ketmoqda. Manbalarning ma'lum qilishicha, ikki klub ham fransiyalik xavbek uchun kurashga qo'shilishga tayyor va uni maydon markazini kuchaytiruvchi futbolchi sifatida ko'rmoqda.

Bundan tashqari, vositachilar allaqachon o'tish haqiqatga aylanishi mumkinligini ma'lum qilishdi: o'yinchining taxminiy qiymati taxminan 40 million evroni tashkil etadi, bu esa yozgi bozorda bitimni amalga oshirishni taminlaydi.

Qizig'i, bu mish-mishlar fonida Kamavinganing so'nggi o'yinlardagi o'yin vaqti savollar tug'dirmoqda. 18 martga o'tar kechasi bo'lib o'tgan Chempionlar Ligasi 1/8 finalidan o'rin olgan "Manchester Siti"ga (2:1) qarshi javob o'yinida u 17 daqiqa maydonda harakat qildi xolos.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: GiveMeSport