"Real" Iskoning narxini belgiladi

Alisher
14 noya 2020, 15:41
Madridning "Real" klubi rahbariyati 28 yoshli Isko bilan qancha mablag' evaziga xayrlashishga tayyor ekani ma'lum bo'ldi.

"Galaktikos" yarim himoyachining sotuvidan 20 million evro ishlab olmoqchi. Bosh da'vogar "Everton" hisoblanadi. Futbolchiga shaxsan mersisaydliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti qiziqmoqda.

Eslatib o'tamiz, Iskoning "qirollik klubi" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Yarim himoyachi joriy mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 6ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS