"Real" "Inter" yetakchisiga ko'z tikdi

Sherzod Nurmatov
26 sen 2022
Madridning "Real" klubi "Inter" va Slovakiya terma jamoasi himoyachisi Milan Shkrinyarga qiziqish bildirmoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, "qirollik klubi" futbolchini kelasi yozda, uning "neradzurri" bilan shartnomasi yakunlanganda sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Shunday qilib, madridliklar futbolchini tekinga olishlari mumkin. 

O'tgan yozda slovakiyalikni PSJni sotib olmoqchi bo'lgan, biroq "Inter" uni 50 million evroga sotishdan bosh tortgandi.

27 yoshli Shkrinyar joriy mavsum "Inter" safida 9 ta o'yinda maydonga tushdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo