Real Ilyaramendini tanishtirdi

Narzulla Saydullayev
13 iyul 2013
Bugun Real klubi yangi sotib olgan yarim himoyachisi Aser Ilyaramendini tanishtirdi.

Eslatib o'tamiz, Real Sosedada yarim himoyachisi 39 million evroga Madridga o'tdi.

– Men ushbu buyuk klub a'zosiga aylanganimdan faxrlanaman. Bir necha kun oldin o'zimni Real Sosedaddan boshqa klubda tasavvur qila olmasdim. Menga ajoyib imkoniyat paydo bo'ldi, shu bois Real uchun borimni beraman. Bu faoliyatimdagi katta chorlov, mavsumni yaxshi o'tkazishimizga ishonaman, – deydi futbolchi.

23 yoshli futbolchi yangi klubi safida 24-raqamda o'ynashi ma'lum bo'ldi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru