“Real” himoyachisi 4 haftaga safdan chiqdi

Eldor Akmurzayev
26 okt 2020
Madridliklar a'zosi Nacho Fernandes shanba kuni “Barselona”ga (3:1) qarshi o'tgan bahsning 1-taymi oxirlaridan jarohatlanib, zaxiraga olingandi.

Shu tariqa, Nacho 4 haftani lazaretda o'tkazadi. U “Borussiya M”, “Ueska”, “Inter” va “Valensiya”ga qarshi o'yinlarda jamoasiga yordam berolmaydi.

30 yoshli futbolchi La Liga joriy mavsumida 3 o'yinda qatnashib, 1 bor ogohlantirilgan. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: El Partidazo de COPE