“Real” Gyundoganning jarohati tufayli kelishuvni bekor qilishi mumkin

27 dek 2013, 14:30
“Real” klubi rahbariyati, dortmundning “Borussiya” yarim himoyachisi Ilkay Gyundoganni sotib olishdan bosh tortishi mumkin, deb xabar beradi Marca.

Avval qirollik klubi Germaniya terma jamoasi futbolchisini sotib olishini ma'lum qilgan edi.

Biroq Madridliklar yarim himoyachining jarohatidan xavotirda va shu sababli ham qarorlarini o'ylab ko'rishmoqda.

Dotmundliklar, o'yinchi bo'ynidan qattiq jarohat olganini aytishgan edi, biroq tashxis haqida aniq ma'lumot berilmagan.


Manba: sports.ru