"Real" germaniyalik futbolchi uchun 80 million evro to'lashga tayyor

Alisher
6 yanv 2020, 14:18
"Real" yozgi transferlar oynasida "RB Leyptsig" o'yinchisi Timo Verner bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Hujumchi o'tgan yozda Leyptsigdan erkin agent sifatida ketishi mumkin edi, ammo klub bilan shartnomasini uzaytirdi.

Nemis futbolchisi joriy mavsum jamoa safida 25ta o'yinda maydonga tushib, 23ta gol va 10ta assistga erishgan.

Vernerga "Real"dan tashqari "Chelsi" klubi ham jiddiy qiziqib qolgan.

Eslatib o'tamiz, Timo 2017 yildan beri Germaniya terma jamoasi sharafini himoya qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: eldesmarque