"Real" futbolchisi o'zini izolyaciya qiladi. U COVID-19 infekciyasini yuqtirgan bemor bilan aloqa qilgan

9 iyul 2020, 01:25
Madridning "Real" klubi hujumchisi Luka Yovich ehtiyot chorasi sifatida o'zini-o'zi yakkalashga qaror qildi, deya xabar tarqatmoqda El Chiringuito TV.

Takidlanishicha, serb forvardi koronavirus infekciyasi uchun topshirgan testi ijobiy natija bergan do'sti bilan bevosita aloqada bo'lgan. Lukaning test natijasi salbiy chiqqaniga qaramay, u jamoadoshlarini xavf ostiga qo'ymoqchi emas. Shu tufayli keyingi 14 kunni uyda yog'iz o'zi o'tkazmoqchi.

Ma'lumot uchun, Yovich yaqindagina jarohatidan forig' bo'lib, safga qaytgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: El Chiringuito TV