"Real" futbolchisi "Monca"ga o'tishi mumkin

Alisher
23 iyun 2022
"Real" hujumchisi Borxa Mayoral "Monca"ga o'tishi mumkin.

Jurnalist Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, italyan klubi o'tgan mavsumni "Roma" va "Xetafe"da ijarada o'tkazgan 25 yoshli ispaniyalikning o'tishi borasida muzokaralarni boshladi.

Qayd etish kerakki, "Monca" shuningdek "Xetafe"da o'tgan mavsumni o'tkazgan "Roma" yarim himoyachisi Gonsalo Vilyarga qiziqmoqda.

Eslatib o'tamiz, "Monca" 2021/22 yilgi mavsum so'nggiga ko'ra A Seriyaga yo'llanma oldi.


AlisherMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com