"Real" futbolchisi "Milan"ga o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
23 noya 2019, 20:27
Italiya matbuoti ma'lumotlariga qaraganda, "Milan" qishki transferlar oynasi kampaniyasida faol ishtirok etadi.

Qayd etish kerak, milanliklar xavbek uchun 50 million evrodan voz kechishga tayyor turibdi. "Real" esa o'z navbatida futbolchining transferidan 60 million evro ishlab olmoqchi. Biroq ayni damda "qirollik klubi"dagilar Xamesni tezroq sotib, futbolchilarning maoshi borasidagi muammoni muvozanatga keltirishni o'ylamoqda.

Ayni damda Rodrigesning xizmatlariga "Tottenxem", "Arsenal", "Napoli" va "Yuventus" kabi klublar ham qiziqish bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express