"Real" futbolchilarining fikricha, Ronaldu klubdan ketish haqidagi so'zlari bilan ayyorlik qilmoqda

Aslanov Jasurbek
17 iyun 2017, 11:36
"Real" futbolchilari jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu atrofida ro'y berayotgan voqealarga jim qarab turishgani yo'q.

Avvaliga ispan va portugal OAV Ronaldu "Qirollik klubi"dan ketmoqchiligini klub prezidenti Florentino Peres ma'lum qildi. Keyinroq esa futbolchi bu haqda faqat Portugaliya terma jamoasidagi do'stlariga aytgani e'lon qilindi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Real" futbolchilari bu borada boshqacha fikrda. Ularning fikricha, Ronaldu klubni tark etish so'zlari bilan maoshini oshirmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca