"Real" futbolchilari Solarining qarorlariga tushunishmayapti

Aslanov Jasurbek
4 mar 2019, 13:27
"Real" bosh murabbiyi Santyago Solariga uning shogirdlari ishonishmayapti.

Ma'lumotlarga ko'ra, "qaymoqranglilar" futbolchilari hamda mutaxassis o'rtasida tushunmovchilik bor. Jamoadagilar Solarining qarorlarini tushunishmayapti.

Biroq klubdagilar xotirjamlikni saqlab, yozgacha kutishni maqul ko'rishyapti. Bundan tashqari, "Real" ketma-ket to'rtinchi marta Chempionlar ligasi g'olibi bo'lishga umid qilishmoqda.

Eslatib o'tamiz, Solari noyabr oyida "Real" bosh murabbiyiga aylangan edi. U iste'foga chiqarilgan Xulen Lopetegi o'rniga kelgandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca