"Real" forvardi yana jarohat oldi

Eldor Akmurzayev
9 sen 2019, 00:50
Real hujumchisi Luka Yovich Serbiya termasining jamoaviy mashg'ulotlari vaqtida jarohat orttirib oldi.

Bu haqda, Serbiya futbol federatsiyasining rasmiy sayti xabar bermoqda. 

Manbaga ko'ra, futbolchi jarohat bilan terma ixtiyoriga yetib kelgan. Tibbiy tekshiruvlar natijasida esa murabbiylar shtabi uni Lyuksemburg termasiga qarshi 10 sentyabr kuni bo'lib o'tadigan uchrashuvning qaydnomasiga kiritmaslikka qaror qilishdi. 

21 yoshli forvard mavsumoldi yig'inlari paytida ham qirollik klubi lazaretidan o'rin olgandi. Umuman, Yovich yangi mavsum klub hamda termada 4 bahs o'tkazib, birorta ham natijaga erisha olmagan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: fss.rs