“Real” YCHL mavsumi davomida rekord summa ishlab oldi

Eldor Akmurzayev
30 may 2022, 09:30
Bu haqda Metaratings.ru xabar bermoqda.

Televizion tushumlar va UEFAdan “covid” solig'i chegirib qolinganini hisobga olgan holda turnir g'olibi YCHL tarixidagi rekord summani qo'lga kiritdi. “Real” 133 mln sohibiga aylandi va PSJ tomonidan 2020/21 yilgi mavsum o'rnatilgan natija (131 mln evro)ni yangiladi.

“Covid” solig'i esa bonuslarning 3 foizini tashkil qiladi va u yana uch yil davomida saqlanib turadi.

Finalda madridliklarga mag'lub bo'lgan “Liverpul”ga esa UEFAdan 118 mln evro, “Man Siti”ga 108 mln evro, “Bavariya”ga 99 mln evro o'tkazib beriladi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Metaratings.ru