

"Qaymoqranglilar" rahbari Florentino Peres Donnarummaning Italiya terma jamoasidagi debyutidan hayron qoldi. Janluiji Fransiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.
Donnarumma tanaffusdan so'ng Janluiji Buffon o'rnini egalladi. 81-daqiqada 17 yoshli darvozabon Italiya terma jamoasidagi ilk golini o'tkazib yubordi.
Donnarumma 1911 yildan so'ng Italiya terma jamoasiga chaqirilgan eng yosh darvozabon bo'ldi.


