"Real" direktori: "Yana sovrinni qo'lga kiritishga harakat qilamiz"
Aslanov Jasurbek
13 apr 2018, 16:48
"Real"ning jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi direktori Emilio Butrageno Chempionlar ligasi yarim final bosqichiga tashlangan qur'a haqida fikr bildirdi.
"Turnirning bu bosqichiga chiqish oson emas va biz bu ishni ketma-ket sakkizinchi marta amalga oshirdik. Yana sovrinni qo'lga kiritishga harakat qilamiz.
"Bavariya" ajoyib jamoa va ikki o'yinda ham bor kuchimizni ishga solamiz" - deydi Butrageno.