Real di Stefano uchun 9-raqamni muomaladan olib tashladi

Narzulla Saydullayev
8 iyul 2014
Real klubi 9-raqamni kuni kecha vafot etgan Alfredo di Stefanoning hurmati uchun muomaladan chiqardi.
Uning afsonasi abadiy yashaydi. Bunday futbolchi hurmatga loyiq, uning 9-raqami umrbod unga beriladi. "Ayaks"da 14-raqam Yoxan Kruiffga taqdim etilgan. "Napoli"da - 10-raqam Maradonaga, "Inter"da - "to'rtinchi" raqam Zanettiga, "Shalke"da - 7-raqam Raulga atalgan. Ammo ularning hech biri di Stefano "Real" uchun qilgan ishlarni qila olmagan, - deydi Florentino Peresa Marca nashriga.

So'nggi yillarda klubda 9-raqamda Karim Benzema to'p tepib kelayotgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com