"Real", "Chelsi", "Napoli" va "Nyukasl" klublari Demiralga qiziqish bildirishmoqda

Narzulla Saydullayev
5 yanv 2022, 01:20
Futbolchining "bozori chaqqon".

"Atalanta" klubida ijara asosida harakat qilayotgan, "Yuventus" futbolchisi Merix Demiralga bir qancha grand klublar qiziqib qolgan. 

Bir necha kun avval, Anchelotti futbolchini "Real"da ko'rmoqchi ekanligi ma'lum qilingandi. Ma'lum bo'lishicha, futbolchini "Chelsi", "Napoli" va "Nyukasl" klublari ham o'z tarkiblarida ko'rishmoqchi. 

"Real Madrid" bosh murabbiy talabiga ko'ra, allaqachon Demiral bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. 

Bundan tashqari, "Atalanta"ning o'zi futbolchini to'laqonli sotib olish uchun 27 mln evro to'lashga tayyor.

Eslatib o'tamiz, Demiral joriy mavsum A Seriyada 13 o'yinla maydonga tushib 1 ta gol urishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Fanatik